Go‘zallik yaratayotgan qo‘llar

Iqtidorli yoshlar ijodiga e’tibor kundan-kunga ortib borayotgan bugungi kunda yurtimizda turli tadbirlar, ko‘rgazmalar o‘tkazish odat tusiga kirgan. Kamoliddin Behzod nomidagi memorial bog‘-muzeyida ochilgan “Go‘zallik va olam” nomli ko‘rgazma ham ana shunday tadbirlardan biri bo‘ldi. “Sog‘lom bola yili”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur ko‘rgazmadan talabalar – Murodjon Temirov hamda Hasanboy Umarovlarning ijod namunalari joy oldi.

Murodjon asli andijonlik. Bolaligidan san’atga mehr qo‘ygan yosh rassom, bugungi kunda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Dastgohli rangtasvir” bo‘limining magistratura bosqichida o‘qishini davom ettirib, ustozlari Akmal Ikromjonov hamda Abdumajid Sagatovlar qo‘l ostida saboq olmoqda.

U asosan grafika va rangtasvir yo‘nalishida ijod qiladi. Shu kunga qadar “Barkamol avlod – yurt kelajagi”, “Mehring bilan yashayman, Vatan” tanlovlarida qatnashib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Ayni paytda manzara, portret va natyurmort janrlarida ijod qilib kelmoqda. Uning ko‘rgazma dasturidan o‘rin olgan “Kelinchak”, “Bolalik o‘ylari”, “Yoshlik”, “Umr yo‘llari”, “Xayollar og‘ushida”, “Sukunat”, “Kuzgi natyurmort”, “Buxoro ko‘chalari” asarlari ko‘plab san’at ixlosmandlariga zavq bag‘ishladi.

Hasanboy Umarov namanganlik yosh ijodkorlardan. U kulolchilik san’atiga bo‘lgan mehri bois, Namangandagi 12-sonli nafis san’at litseyida tahsil oldi. Yosh ijodkor bu dargohda ustozlari F. Isamov va A. Abdumo‘minovlardan amaliy san’at sirlarini qunt bilan o‘rgandi. Hozirda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Amaliy san’at fakulteti, “Badiiy kulolchilik” bo‘limida ta’lim olmoqda.

Yosh kulol bugunga qadar “Eng ulug‘, eng aziz”, “Ochiq osmon ostida” hamda “Hindiston – O‘zbekiston yosh rassomlar nigohida” nomli ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, diplom va sertifikatlar bilan mukofotlangan.

Bu galgi ko‘rgazmada uning “Ona duosi”, “Oila, “Uch quduq”, “Dekorativ vaza”, “Tasavvurimda Boborahim Mashrab siymosi” kabi o‘ziga xos asarlari namoyish etildi.

Ko‘rgazma joriy yilning 15 iyuligacha davom etadi.

Muhabbat XO‘JAMURODOVA

Yana o‘qing:  KOLLEJDAGI SOFLOM MUHIT

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: