Fond faoliyatidan (2014/9)

Fondning hududlararo tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi Toshkent viloyati Zangiota tumani “Qatortol” qishloq fuqarolar yig‘inida joylashgan akademik litseyda “Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari” va “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida litseyning 200 nafar o‘quvchisi qatnashdi.

Andijon viloyati fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Andijon shahar 2-sonli akademik litsey va Pedagogika kasb-hunar kollejida jami 705 nafar o‘quvchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga tibbiy maslahatlar berildi.

Namangan viloyati fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Chortoq tumani “Laskidon” qishloq vrachlik punktida “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi jami 357 nafar fuqaroni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.

Samarqand viloyati fondning hududiy filiali viloyat Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamkorligida Samarqand shahar “Sattepo” sport majmuasida 5 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smir qizlar o‘rtasida gimnastrada bo‘yicha viloyat ochiq chempionati o‘tkazildi. Ishtirokchilarga fondning estalik sovg‘alari topshirildi.

Qashqadaryo viloyati fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Qarshi shahar “Mustaqillik” mahallasida istiqomat qiluvchi jami 88 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, aholi o‘rtasida reproduktiv salomatlik to‘g‘risida tushintirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.

Abbosjon ERGASHEV,

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi matbuot kotibi

Яна ўқинг:  Мультимедиа ишланмалари таълим самарадорлигини оширади

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: