Jamoatchilik nazorati inson huquq va manfaatlarini himoya qiladi

Hozirgi kunda Toshkent shahrida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, tadbirkorlik va milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, nogironlar hamda ayollar va yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, milliy-madaniy munosabat-

larni mustahkamlash, ijtimoiy faollikni, fuqarolar o‘rtasida tibbiy va ekologik madaniyatni shakllantirish, sportni rivojlantirish, sog‘lom hayot tarzini tatbiq etishga ixtisoslashgan 402 ta nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Toshkent shahar hududiy bo‘linmasining “Fuqarolik jamiyati rivojlanishining miqdor va sifat o‘zgarishlari: Toshkent shahri misolida” mavzuida bo‘lib o‘tgan hisobot konferensiyasida ushbu ma’lumot tilga olindi. Shuningdek, Toshkent shahrida hududiy bo‘linma tomonidan fuqarolik jamiyati shakllanishida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni aholiga yetkazish borasida ko‘pgina vazifalar ishlab chiqilgan.

Ta’kidlash joiz, kishilar orasida siyosiy huquqiy madaniyatning oshishi, siyosiy partiyalar, nodavlat-notijorat tashkilotlar (NNT) va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, OAVning rivojlanishi jarayonlarini chuqur o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, Toshkent shahrida fuqarolik jamiyati institutlarining jamoatchilik nazoratini amalga oshirish va joylardagi ijtimoiy ahamiyatga molik muhim vazifalarni hal qilishdagi o‘rni va ahamiyatini kuchaytirish bo‘yicha hududiy bo‘linma tomonidan kompleks chora-tadbirlar bajarilib kelinmoqda.

Ushbu maqsadda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 86 ta tadbir, 14 ga yaqin ijtimoiy so‘rovlar, jamoat tashkilotlarining 1500 dan ortiq turli tadbirlari monitoringi o‘tkazildi.

B.HALIMOV

Яна ўқинг:  Қоқигул

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: