Buxoroda kelgusi yildan ochiq yurakda operatsiyalar o‘tkaziladi

2018 yilda katta yoshdagilarga yurakning og‘ir kasalliklari bo‘yicha ochiq yurakda operatsiyalar joriy qilinadi, deb xabar qildi Buxoro hokimligi matbuot-xizmati.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga binoan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2017 yilda stenozlar va anevrizmalarda yurak tomirlari va bosh miyani stentlash bo‘yicha davolash usullari hamda 2018 yilda katta yoshdagilarga yurakning og‘ir kasalliklari bo‘yicha ochiq yurakda operatsiyalar joriy qilinadi», — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, jori yil iyun oyi boshlarida Rossiyadagi A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir xirurgiyasi markazi direktori, akademik L.A.Bokeriya O‘zbekistonga kelgan edi. Tashrif davomida Leo Bokeriya o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan hamkorlikda Xorazm viloyatida yurak-qon tomir kasalliklarining og‘ir asoratli turlari bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik muolajalarini o‘tkazib, mamlakat kardiojarrohlari uchun master-klass ko‘rsatgan edi.

Manba: sof.uz

Yana o‘qing:  Markaziy Osiyo turniri nihoyasiga yetdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: