BITIRUVCHILARGA MUTAXASSISLIK DIPLOMI TOPSHIRILMOQDA

Farg‘ona viloyatida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga mutaxassislik diplomlari tantanali topshirilmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar sirlarini puxta egallashi, iste’dod va salohiyatini keng namoyon etishi uchun sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Farg‘ona viloyatidagi 145 ta kasb-hunar kolleji va 12 ta akademik litseyda yoshlar turli yo‘nalishlarda tahsil olmoqda. Mustahkam moddiy-texnik bazaga ega mazkur ta’lim maskanlarida barcha sharoit yaratilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, joriy yilda viloyatda 60 ming 970 nafar yigit-qiz kasb-hunar kolleji va akademik litseylarni bitirmoqda. Ularni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish, oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishi uchun barcha tadbirlar belgilangan.

Oltiariq sanoat kasb-hunar kollejida o‘tkazilgan ana shunday tadbirda davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, o‘quvchi-yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Sanoat sohasi uchun besh yo‘nalishda kichik mutaxassislar tayyorlayotgan ta’lim maskanida o‘tkazilgan marosimda kollejni muvaffaqiyatli tamomlagan 554 nafar bitiruvchiga mutaxassislik diplomlari topshirildi.

– Bitiruvchilarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish doimiy e’tiborimizda, – deydi kollej direktori Azimjon Islomov. – Bu yil ham shunday bo‘ldi. Bitiruvchilarimizning asosiy qismi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlaydi. Oliy o‘quv yurtida o‘qishni davom ettirish istagini bildirgan yoshlarimiz ham ko‘p. 60 nafar bitiruvchimiz esa o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish maqsadida tijorat banklariga loyihalar taqdim etib, imtiyozli kredit olmoqda.

M. SULAYMONOV,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  Haftalik yuqori saviyada o‘tdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: