Andijondagi poliklinikada yuz bergan portlashda jabrlangan o‘quvchilarning ahvoli qanday holatda?

Andijon shahri ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi hududidagi “Issiqlik manbai” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli isitish qozonining portlashi natijasida yuz bergan holat oqibatida 18 nafar o‘quvchi yengil va o‘rta darajada tan jarohati olganini avval xabar qilgan edik.

«Xalq so‘zi» nashri muxbiri voqea joyiga borib, vaziyatni yaqindan o‘rgandi, jabrlanganlar, guvohlar hamda mutasaddilar bilan suhbatlashdi.

— Bo‘limimiz markaziy poliklinikaning orqa tomonida joylashgan. Kirish faqat bir tomonlama. Xonamda o‘tirganimda gumburlagan ovoz eshitildi. Tashqariga chiqqanimda oynalar singan ekan, tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan bolalar cho‘chib ketganini ko‘rdim. Hamkasblarim bilan ularga birinchi tez tibbiy yordamni ko‘rsatishga harakat qildik. Jarohat olganlarni, barcha bemorlarni shoshilinch tibbiy yordam mashinasida Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Andijon filialiga yubordik, — deydi poliklinika ftiziatriya bo‘limi mudiri Dilshodbek Xalilov.

— Dugonalarim bilan ichkarida navbatda turgan edik, — deya voqeani so‘zlab berdi o‘quvchi Ruqiya Abduhalimova. — Shifokorlar shovqin qilmasligimizni iltimos qilishganidan so‘ng tashqariga chiqdik. Shunda qozonxonadan tutun chiqayotgandek bo‘ldi. E’tibor bermadik. Pillapoyadan tushganimizdan 2-3 daqiqa keyin birdaniga portlash yuz berdi. Qo‘rqib ketdik. Bir-ikki joyimiz shilindi. Hozir ahvolimiz yaxshi.

— Tashqarida turgandik, — deydi o‘quvchi Nurillo Abdumannopov. — Birdan gumburlagan ovoz eshitilib, hammayoq tutunga to‘lib ketdi. Orqamdan shisha siniqlari uchib kelgandek bo‘ldi. Qo‘limga shikast yetdi.

— Hodisa 26 fevral kuni soat 10:26 da poliklinikaning ftiziatri bo‘limi joylashgan hududda yuz bergan, — deydi Andijon shahri tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Tohir Zokirov. — Bu yerda belgilangan reja-jadval asosida shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 4-umumta’lim maktabining 9-“G” sinf o‘quvchilari flyuorografiya tekshiruvidan o‘tayotgan bo‘lgan. 18 nafar o‘quvchi turli darajada tan jarohatlari olgan. Xizmat ko‘rsatayotgan shifokorlarning holati ham yaxshi.

Bundan tashqari, poliklinikada bo‘lgan yana 10 nafar murojaat qilganlarga qabulxonada ambulator-psixologik yordam ko‘rsatilgan. Ayni paytda tegishli tashkilotlar tomonidan tekshiruv, surishtiruv ishlari davom etmoqda.

— Bugun soat 11:00 lar chamasida markazimizga markaziy poliklinikada yuz bergan hodisa natijasida 18 nafar bemor olib kelingan, — deydi Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi viloyat filiali bosh vrachi Azizbek Mamadiyev. — Bemorlarning uch nafari o‘rta darajada tan jarohati olgan. Ular neyroreanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Biri oyoq, ikkinchisi yelka qismida jarohati borligi uchun jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Qolgan 14 nafarining tan jarohati yengil, aksariyat bolalar qo‘rqib ketgan.

Ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirgi paytda neyrotravmatologiya bo‘limiga yotqizilgan. Bemorlarning barchasi shifokorlarning doimiy nazoratida, belgilangan tartibda muolajalar qilinmoqda.

Yana o‘qing:  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: