11 yillik ta’lim qayta tiklanishi munosabati bilan bo‘shaydigan kollejlar taqdiriga oydinlik kiritildi

Respublikaning barcha tuman va shaharlarida sinov tariqasida 11 yillik majburiy o‘rta ta’lim tizimining joriy etilishi munosabati bilan bo‘shaydigan kollejlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tegishli kengashlari ixtiyoriga beg‘araz o‘tkaziladi. Bu Prezidentning 5 iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, ularning negizida barcha qulayliklarga, jumladan, kutubxona va kitob do‘koniga ega bo‘lgan Yoshlar markazlari va zamonaviy yoshlar kinoteatrlari, shuningdek, yoshlarni, ayniqsa, ularning uyushmagan qismini 6 oygacha bo‘lgan muddatda kasb-hunarga to‘lovsiz o‘qitish markazlari tashkil etiladi.

Shuningdek, farmon bilan qator vazirlik hamda idoralarga viloyatlar va poytaxtda Yoshlar markazlari binolarini qurish va foydalanishga topshirish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha dastur loyihasini tayyorlash vazifasi topshirildi.

Yana o‘qing:  O‘qituvchilarimiz xorijda malaka oshirib qaytdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: