Behi sharbati

Har bir fasl o‘zining go‘zal tarovati bilan dillarga xush yoqib, turfa noz-ne’matlari bilan dasturxonimizga ko‘rk bag‘ishlaydi.

Ayniqsa, kuzda pishib yetiladigan behi inson organizmi uchun foydali mikroelementlarga boyligi bilan alohida ajralib turadi. Ushbu mevadan tayyorlangan murabbo qish faslida eng to‘yimli, shu bilan birga foydali ozuqa hisoblanadi. Undan tayyorlangan sharbat esa gripp va O‘RVIni davolashda koni foyda.

Quyida ushbu meva sharbatini tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tamiz.

Zarur masalliqlar: 4-5 dona behi, 200 gramm shakar, limon va suv.

Tayyorlanishi: behi mevalari tozalab yuvilib, tilim-tilim shaklida kesib olinadi va sirli idishga solib, ustidan 3 litr miqdorda qaynoq suv quyiladi. So‘ng 30 daqiqaga tindirib qo‘yiladi. Keyin idishdagi suvni to‘kib, ustiga shakar, yarim dona limon va ustidan yana shuncha miqdorda qaynoq suv solib, idish og‘zi mahkam yopiladi va sovuguncha tindirib qo‘yiladi.

Dilfuza AZIMOVA

Yana o‘qing:  Jo‘rabekning ilk sovrini

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: