Banan iste’mol qilish yurak xuruji va insultning oldini oladi

Alabama universiteti olimlari insult yoki infarktning oldini olish uchun kuniga bittadan banan iste’mol qilish yetarli, degan xulosaga kelishdi. Chunki banan arteriya qon tomirining elastikligini ta’minlovchi kaliy elementiga boy, deb yozadi The Daily Mail nashri.

Mutaxassislar kaliy arteriyaning elastikligi bilan bog‘liq bo‘lgan genlarga ta’sir o‘tkazadi, deb hisoblashmoqda. Oldingi tadqiqotlar arteriya egiluvchanligi yo‘qolganida infarkt va insult xavfi oshishini ko‘rsatgandi. Tadqiqotchilar yurak-qon tomir kasalliklariga moyil sichqonlarda yangi tajriba o‘tkazdi.

Sichqonlarning bir guruhiga kaliyga boy, bir guruhiga kaliy miqdori kam bo‘lgan yemish berib borildi. Natijada, kaliy moddasi kam ovqatlar bilan oziqlantirilgan jonivorlarda arteriya elastikligi yo‘qolgani ma’lum bo‘ldi. Keyingi guruhdagi sichqonlarda esa bunday holat kuzatilmadi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Varikozni mashqlar yordamida yengamiz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: