Brusnika – buyrakka madad
Brusnika – buyrak, qovuq va podagra kasalligi bilan og‘rigan bemorlar uchun eng foydali rezavor hisoblanadi.
Uning tarkibidagi benzoy kislotasi bakterial floraga barham berib, uning ko‘payishiga, yiringlashiga barham beradi. Barglari hamda novdalaridan malham sifatida qo‘llaniladi. Damlamasi peshob va safro haydovchi xususiyatga ega. Shuningdek, u peshob yo‘lini ham tozalaydi, gastritni davolaydi.
Brusnika yaproqlaridan choy tayyorlash:
Bir choy qoshiq brusnikaning qurigan bargiga ikki stakan qaynagan suv solib, o‘ttiz daqiqa damlanadi.
Ivitilgan brusnika tayyorlash:
900 ml. suvga 1 oshqoshiq shakar, 0,5 choy qoshiq tuz, chinnigul urug‘i va dolchin solib, qaynatiladi. So‘ng sovutishga qo‘yiladi.
1 kg brusnika mevasini yaxshilab yuvgach, bankaga solinadi va uning ustiga qiyom quyib, 10-15 S daraja haroratda 3-4 kun tindiriladi. Shundan keyin bankalarga qo‘yib, muzlatgichga qo‘yiladi.
Vasila PO‘LATOVA