Elektroavtobuslar kelajak texnikasi bo‘ladi

Mutaxassislarning bashorat qilishlaricha elektr dvigatelli avtomobillar yaqin kelajakda Yevropa yo‘llarini egallaydi.

2030 yilga borib esa ular suyuq yoqilg‘ida yuradigan mashinalarni butunlay siqib chiqaradi. Shuning uchun ham ishlab chiqaruvchilar elektr dvigatelli “Proterra” avtobuslarining barcha texnik ko‘rsatkichlarini yaxshilash ustida ish olib borishmoqda.

O‘tgan oyda sinovdan o‘tkazilgan “Proterra Catalyst – E2 max” avtobusi to‘la quvvatlantirilgan akkumulyatori bilan 660 km masofani bosib o‘tdi va samaradorlik ko‘rsatkichini 20 foizga yaxshiladi. Shuni aytish joizki, bir marta quvvati to‘ldirilgan akkumulyator bilan shuncha masofani bosib o‘tish shaharlararo qatnov talablariga mos keladi.

Avtobus oldingi modellardan ancha kuchli va tez yuradi. Endi u har biri 510 ot kuchiga ega bo‘lgan 2 ta elektr dvigatelida ishlaydi. “DuoPower”ning ko‘rsatkichlari avvalgilariga qaraganda 5 marta yaxshilangan. Transmissiya qismi butunlay o‘zgartirilgan. Uning yana bir yutug‘i haydovchining kabinasi va salon so‘nggi innovatsiyalar asosida ishlangan va shovqin chiqarishi yanada kamaytirilgan.

Yana o‘qing:  Suvni tozalovchi antiqa “meshkob”cha

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: