Muqaddasim, munavvarim – ona tilim

Yaqinda O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 28 yil to‘lishi munosabati bilan Chinobod sihatgohida “Muqaddasim, munavvarim – ona tilim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda poytaxtning Yunusobod tumanida joylashgan ta’lim muassasalari, sihatgoh xodimlari, dam oluvchilar, mahalla faollari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar 1989 yil 21 oktyabrda o‘zbek tiliga Davlat maqomi berilgan kun mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotida muhim tarixiy voqelik bo‘lganini ta’kidlashdi. Shuningdek, tilimizning ijtimoiy mavqeini mustahkamlash, uni yanada yuksaltirish uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilayotgani haqida fikr yuritishdi.

Bayram tadbirida qatnashgan Yunusobod tumanidagi 160-maktabgacha ta’lim muassasasi hamda 23-”Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari tayyorlab kelgan qo‘shiq va raqslar mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Shuningdek, tadbirda dam oluvchilar o‘rtasida tashkil etilgan “Kitobxon” tanlovi g‘oliblari ham aniqlanib, ularga esdalik sovg‘alari topishirildi.

Mayna HASANOVA

Yana o‘qing:  O‘zbekiston Parlamentlararo ittifoqdagi a’zoligini tikladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: