Mutaxassislar har kuni bodring iste’mol qilishni maslahat beradi

Bodring – eng ommabop sabzavotlardan biri. Yaqinda olimlar uning ko‘plab muhim xususiyatlarini aniqladi. Jumladan, bodring ovqat xazm qilish jarayonida faol ishtirok etadi va moddalar almashinuvini tezlashtiradi.

Bodring ozishni istaydiganlarga ham tavsiya etiladi. Shuningdek, u og‘izdagi yoqimsiz hidni ketkazishga yordam beradi. Chunki uning tarkibida og‘iz bo‘shlig‘idagi bakteriyalarni neytral holatga keltiruvchi moddalar mavjud. Bundan tashqari, bodring qondagi saraton hujayralarining faoliyatini to‘xtatadi, tomirlarni xolesterin ajralmalaridan tozalaydi va insulin ishlab chiqarilishiga yordam beradi.

Shu bilan birga, Merilend universiteti mutaxassislari tuzlangan oziq-ovqat mahsulotlari va ijtimoiy bezovtalik kasalligi o‘rtasida bog‘liqlik borligini aniqladi. Muntazam ravishda tuzlangan bodring va karam istemol qiluvchi tadqiqot ishtirokchilarida nevroz (markaziy nerv sistemasining buzilishi natijasida yuzaga keladigan va ichki organlar faoliyatini susaytiradigan kasallik) darajasi pastligi ma’lum bo‘ldi.

Mutaxassislar yuqoridagilardan kelib chiqib, har kuni bodring iste’mol qilishni maslahat beradi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Pishloq va sarimsoqli salat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: