Yurtimizda zamonaviy koreys tashxis klinikasi barpo etiladi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vazirligida Janubiy Koreyaning Kvangju shahrida joylashgan Chonnam milliy universiteti qoshidagi kasalxona bosh direktori Yun Tek-Rim boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tashrifdan maqsad – xayriya operatsiyalarini o‘tkazish va respublika hududlaridagi og‘ir kasallarni ko‘zdan kechirish, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatishdir.

Uchrashuv mobaynida tibbiyot sohasidagi joriy holat va hamkorlik istiqbollari o‘rganildi. O‘zbekistonda tashxis va tahlil sohasida ilg‘or texnologiyalar va yechimlar joriy etilgan tibbiy tashxis markazlari barpo etishga doir loyihalarni amalga oshirishda hamjihatlik masalalari muhokama etildi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vazirligi va Chonnam milliy universiteti qoshidagi kasalxona o‘rtasida yurtimizda zamonaviy tibbiyot tashxis klinikasi barpo etish yuzasidan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Yana o‘qing:  Stomatolog robot shifokor ishtirokisiz operatsiya o‘tkazdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: