Suvni tozalovchi antiqa “meshkob”cha
Yilning qaysi faslida bo‘lmasin safarga, sayohatga yoki tabiat qo‘yniga dam olishga chiqqanda suv juda zarur bo‘ladi. Baxtga qarshi har doim ham idishda keragicha suv olib yurish mashaqqat tug‘diradi.
Chamasi bu muammoning yechimi topildi. Mutaxassislar “1HYDRO Series Filtration Bottle” deb nomlanuvchi meshkobsimon filtr yaratishdi.
Ushbu idish tashqi ko‘rinishdan kichik shisha idishga o‘xshaydi. Suvga to‘ldirgandan so‘ng undan naycha yoki sportchilarniki singari an’anaviy klapan orqali foydalanish mumkin.
“1HYDRO Series Filtration Bottle” meshkobi suvni tozalashda bir necha qavatli filtrdan foydalanadi. Birinchi va asosiy filtr – bu ko‘mir. Shuningdek, qopqog‘iga himoya turi va yana bir filtr o‘rnatilgan. Bularning barchasi idishga olinayotgan suvga xavfli mikroorganizmlar tushishini 99,99 foizgacha cheklaydi va idishga har qanday parazitlar kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ixtirochilarning qayd etishicha, filtrlar 1500 marta ishlatilishi mumkin.