Shaftoli – quvvat manbai
Shaftoli quvvat manbai – u shakar va sellyulozaga boy. Bundan tashqari, uning tarkibida kaliy, temir, fosfor, magniy, ftor, A, S, V, Ye, K, RR vitaminlari, antioksidantlar va organik kislotalar bor.
Shaftoli ochlikni qondiradi va ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Uning tarkibida kaliy va magniy ko‘pligi uchun kamqonlik, yurak kasalliklari, stress holatlarida yaxshi foyda beradi. Og‘ir kasalliklardan so‘ng organizm tiklanishi uchun shaftoli va uning sharbatini iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Shaftoli pigmentli dog‘ va ajinlarning paydo bo‘lishiga qarshi kurashib, terini yoshartirish xususiyatiga ega.
Olimlar shaftoli tarkibidagi moddalar saraton hujayralarining o‘sishini sekinlatishini aniqlagan.
Shaftoli bargi va gulida ham davolash xususiyatlari mavjud. Ularning qaynatmasidan ich suruvchi va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida foydalanish mumkin. Shaftoli danagidan tayyorlangan damlamani nafas olish organlari kasallanganda va shamollashda terlatuvchi vosita sifatida foydalansa bo‘ladi.
Eslatma: shaftoli mag‘zi zaharli.
Mevaning po‘stida allergiya chaqiruvchi gul changlari bo‘lishi mumkin. Tozalangan yoki konservalangan shaftoli allergiyaga moyil insonlar uchun xavfsiz.
Semirish yoki qandli diabet kasalliklarida shaftoli yeyish tavsiya etilmaydi.
Shaftolining kaloriya darajasi – 45 kkal.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.