Pedagoglar malakasini oshirish yangi bosqichga ko‘tariladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori matbuotda e’lon qilindi.

Bugungi kunda xalq ta’limi tizimida jami 4916 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 9680 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 211 ta “Barkamol avlod” markazi mavjud bo‘lib, ularda jami 400 ming nafardan ortiq pedagog xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimida pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha 5 ta davlat pedagogika instituti, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha 14 ta hududiy institut faoliyat yuritmoqda.

Amaldagi tartibga asosan xalq ta’limi muassasalari pedagoglari kamida 5 yilda bir marotaba o‘z malakalarini oshiradilar. O‘qituvchilar malaka oshirish davomida mamlakatimizda va jahonda pedagogika, psixologiya hamda o‘quv fani bo‘yicha erishilgan eng yangi yutuqlarni chuqur o‘rganib, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarning imkoniyatlaridan xabardor bo‘lgan holda ularni amaliyotga tatbiq etib kelmoqdalar.

Ammo o‘tkazilgan tahlillar pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarida xalq ta’limi va oliy ta’lim tizimlari o‘rtasida uzluksizlik va uzviylik ta’minlanmaganligini ko‘rsatdi. Natijada umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari xodimlari faoliyati davomida fanlarni o‘qitish metodikasi, ta’lim va tarbiya nazariyasi yangiliklaridan, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlardan, ilg‘or xorijiy tajribalardan bexabar qolmoqdalar.

Shu bois, ushbu hujjatda Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Nukus davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti va Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufiga berish;

Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarini tegishli hududdagi oliy ta’lim muassasalari tasarrufiga berish hamda ular negizida Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarini tashkil etish;

Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti va Respublika ilmiy-pedagogika kutubxonasini Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tasarrufiga berish kuzda tutilgan.

Yana o‘qing:  SUV HAM TIRIK MAVJUDOT

Tashkil etilgan Hududiy markazlarning maqsad, vazifalari hamda yuridik maqomlari belgilangan.

Qayta tayyorlash va malaka oshirishning samarali shakllarini joriy etishning ilmiy-metodik va tashkiliy-metodik normativ asoslarini ishlab chiqish, ta’lim dasturlarining uzluksizligi va izchilligini hisobga olib, ijodiy tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitishning interaktiv usullaridan foydalangan holda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yuklatilgan.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Hududiy markazlar uchun xalq ta’limi tizimi xodimlarining kasbiy bilimlari va malakalarini oshirish ishlariga ilmiy-metodik jihatdan rahbarlik qilish, namunaviy o‘quv reja, dastur, o‘quv-metodik va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi etib belgilangan.

Hududiy markazlar faoliyatini tashkil etish va ularning namunaviy tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash hamda ularni malakali professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash bo‘yicha vazifalar va muddatlar belgilangan.

Ish hajmini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining shtatlar birligi yangidan tasdiqlangan.

Qaror O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning mantiqiy davomi bo‘lib, pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini ko‘tarishga xizmat qiladi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: