Ta’lim sifatini oshirish – dolzarb masala

Toshkent davlat stomatologiya institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash tizimiga oid hujjatlari ijrosiga bag‘ishlab “Tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida ta’lim jarayoni sifatini yuksaltirish va o‘quv jarayonini to‘g‘ri shakllantirish” mavzuida seminar tashkil etildi.

Institut prorektori M.Do‘stmuhamedov va boshqalar mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning real talablaridan kelib chiqqan holda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, o‘qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ixtisoslik yo‘nalishlarini takomillashtirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan yangilash, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratishga doir muhim masalalar belgilangan.

Prezidentimizning joriy yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 5 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida samarali ishlar amalga oshirilayotir.

Toshkent davlat stomatologiya institutida jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirilib, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallari keng joriy qilinmoqda. Shuningdek, o‘quv-pedagogik faoliyatga, malaka oshirish kurslariga xorijdagi ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, magistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarning xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda amaliyot o‘tashini, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishni tashkil qilish ishlari boshlab yuborilgan.

Institutda joriy o‘quv yilidan boshlab fakultetlarning barcha kurslarida kamida ikkitadan guruhda mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o‘qitish yo‘lga qo‘yilgani talabalarning xorijiy tengdoshlari bilan muloqot o‘rnatishi va xalqaro standartlarga mos kadrlar tarbiyalashni ta’minlaydi.

Tadbirda mazkur amaliyotni tibbiyot yo‘nalishidagi barcha oliy ta’lim muassasalarida joriy qilish ijobiy samara berishi ta’kidlandi. Talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ularda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash, kasbiga bo‘lgan mas’uliyatini shakllantirish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

Mohigul Qosimova,

O‘zA

Yana o‘qing:  Bori elga yaxshilig‘ qilg‘ilki...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: