Ko‘ngil qadr topganda…

Sog‘lom avlodni tarbiyalab uni barkamol etib voyaga yetkazish barchamizning asosiy vazifamizdir. «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasining Qarshi shahar tayanch maskani hamda Qarshi Tibbiyot kolleji hamkorligida joylarda bir qancha tadbirlarning o‘tkazilishi ana shu xayrli ishning davomidir.

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasining Qarshi shahar tayanch maskani hamda Qarshi Tibbiyot kolleji, «Qizil yarim oy» jamiyati, «Kamolot» YOIH Qarshi shahar bo‘limi hamkorligida «Yurt mustaqilligi – oila farovonligi» mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir talaba yoshlarga oilaning muqaddas maskan ekanligini tushuntirish, erta turmushning oldini olish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va nazoratsizlikning, diniy aqidaparastlik va turli zararli oqimlarga kirib ketmaslikning oldini olish hamda oilaga hurmat, Vatanga muhabbat tuyg‘ularini singdirishdan iborat.

Shuningdek, ushbu tashkilotlar shahar va viloyat Nogironlar jamiyati hamkorligida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan «Obod turmush yili» Davlat dasturi doirasida «Maftunkor ranglar dunyosi» ko‘rik-tanlovi va bolalar rasmlar ko‘rgazmasi o‘tkazilishi orqali ham bolajonlarga bir dunyo shodlik ulashildi. Mazkur ko‘rik tanlovda imkoniyati cheklangan bolalardan 16 nafari ishtirok etib 14 yoshlilar o‘rtasida 1 o‘rinni Ergasheva E’zoza, 2 o‘rinni Ganjiyev Ali, 3 o‘rinni Ibragimova Sabina egallagan bo‘lsa, 12 yoshlilar o‘rtasida 1 o‘rinni Gaybullayev Lochin, 2 o‘rinni Sayfiyev Doston, 3 o‘rinni Allayev Shuhrat egalladi. 7 yoshlilar orasida esa 1 o‘ringa Narziyeva Sevinch, 2 o‘ringa Qilicheva Sayyora, 3 o‘ringa Jo‘rayev Farhod munosib deb topildilar. G‘oliblarga homiy tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

S.URUNOVA

Yana o‘qing:  Eng yaxshi pedagoglar aniqlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: