Xo‘jag‘at isitmani tushiradi
Xo‘jag‘at (malina) – tarkibida salitsil kislotasi bo‘lgan foydali meva. Ushbu rezavor meva xuddi aspirin (atsetilsalitsil kislotasi) kabi tana haroratini tushiradi. U og‘riqni qoldiradi va qonni suyultiradi.
Lekin aspirinning qarshi salbiy ta’siri kabi me’da shilliq pardasini yallig‘lantirmaydi. Shuning uchun ham xo‘jag‘at me’da yarasi va gastrit bilan og‘rigan bemor kishilar uchun mutlaqo zararsizdir. Xo‘jag‘atdagi salitsil kislotasi termik, ya’ni issiqlik ta’siri sababli qayta ishlovdan so‘ng ham saqlanib qoladi. Shu bois, bu mevani faqat sarxil holda tanovul qilish (eng yaxshisi – 0,5 stakan) tavsiya etiladi. Undan qishga murabbo, shinni va sharbat tayyorlash mumkin. Hammasidan ham quritilgan xo‘jag‘at ko‘proq shifobaxsh ta’sirga ega (uning sarxil va quritilgan mevalari yallig‘lanishga qarshi va issiq tushiruvchi xususiyatlarga ega. Ushbu foydali xususiyat yil davomida saqlanib qoladi.
Tavsiya: Gripp, O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya)larga qarshi xo‘jag‘atli choy: 1 osh qoshiq quritilgan reza meva 200 gr. qaynatilgan suvga damlanadi va choy o‘rnida ichiladi.
Vasila PO‘LATOVA