Tatuirovka saraton rivojlanishiga sabab bo‘ladi

Utro.RU sayti xabar berishicha, olimlar tatuirovka bo‘yog‘i tarkibida zaharli moddalar bo‘lishini aniqladi. Bunday bo‘yoq inson tanasida mayda zarrachalarga bo‘linadi va limfa tugunlariga tarqaladi. Bu esa saraton rivojlanishiga olib keladi. Mutaxassislar limfa tugunlariga faqat eng mayda zarrachalargina kirishi mumkinligini ta’kidlaydi.

Tatuirovka bo‘yog‘ida nikel, xrom, marganets, kobalt kabi zararli aralashmalar topildi. Hozir olimlar yanada mukammalroq tadqiqotlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ular bo‘yoq zarrachalari ta’siri tufayli tana to‘qimalarida yuz beradigan molekulyar o‘zgarishlarning xususiyatlarini o‘rganish ustida ish olib boryapti.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Ixcham ko‘rinishdagi bosh miya skaneri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: