O‘simliklardan tayyorlangan ovqatlar ko‘krak saratonidan saqlaydi
Amerikalik olimlar Yevropa va Afrika aholisining ratsionini solishtirib ko‘rdi. Tahlil natijasida, ratsion tarkibiga o‘simlikdan tayyorlangan taomlarni kiritish odamlarni ko‘krak saratonidan saqlovchi omil bo‘lishi mumkin, degan xulosa chiqarildi.
Olimlarning so‘zlariga qaraganda, yevropalik odamlarda estrogen darajasi yuqori. Bu gormon esa ko‘krak saratoni rivojlanishiga olib keladi. Ya’ni Yevropa aholisida saraton xavfi afrikaliklarga nisbatan yuqori. Olimlar bu holat ratsion tarkibiga bog‘liqligini ta’kidlamoqda.
Afrikalik ayollar to‘g‘ri ovqatlanishga harakat qiladi, ularning ratsioni asosan o‘simliklarddan tayyorlangan ovqatlardan iborat. Yevropaliklar ratsionida esa yog‘li va tezpishar ovqatlar (fastfud) ni uchratish mumkin.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.