Yoshartiruvchi konfet kashf qilindi

Germaniyalik olimlar yoshartiruvchi konfetni kashf qilishdi. Shirinlikning tarkibiy qismi faqat tabiiy mahsulotlar – qora shokolad, mango bo‘tqasi, soya mevasining suti, quruq mevalardan tashkil topgan. Olimlarning so‘zlariga qaraganda, kakao arteriya qon bosimiga ijobiy ta’sir qiluvchi feniletilamin va polifenol moddalariga boy.

Feniletilamin – ba’zi tabiiy axborot uzatuvchi neyronlar uchun muhim bo‘lgan kimyoviy birikma. Polifenol esa hujayralarni organizmning qarishiga sabab bo‘luvchi moddalardan himoya qiladi. Mango mevasi tarkibida bo‘lsa, yallig‘lanish jarayonini to‘xtatadigan va moddalar almashinuvini tezlatadigan birikma mavjud. Shuningdek, quruq mevalar oshqozon-ichak yo‘llarining to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi va yallig‘lanishni yo‘qotadi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Ko‘kyo‘tal qanday xastalik?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: