189 nafar sportchimiz V Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadi

Joriy yilning 17-27 sentyabr kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimiz sportchilari ham ishtirok etadi.

Mazkur sport musobaqaga sportchilarimiz har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ushbu nufuzli turnerda yengil atletika, og‘ir atletika, sport kurashlari (erkin, yunon-rum va ayollar kurashi), taekvondo, velosport (trek), ot sporti, shaxmat, suzish, tennis, futzal, basketbol (3x3), kurash, belbog‘li kurash, turkman kurashi, sport raqsi, kikboksing, muaytay, jiu-jitsu, sambo va bouling bo‘yicha o‘tadigan sport turlarida 189 sportchimiz Vatanimiz sharafini himoya qiladi.

Prezidentimizning joriy yil 10 avgustdagi “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‘zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi qarori xalqaro maydonlarda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan sportchilar va murabbiylarning mashaqqatli mehnatlarini munosib taqdirlash, ularning tajribasi va salohiyatidan samarali foydalanishga xizmat qilmoqda.

Yurtimiz sportchilari 2009 yili Tailandda o‘tkazilgan jangovar yakkakurashlar bo‘yicha I Osiyo o‘yinlarida to‘rtta oltin, beshta kumush va o‘n ikkita bronza medal, Vyetnamda o‘tgan yopiq inshootlardagi III Osiyo o‘yinlarida beshta oltin, to‘qqizta kumush va o‘nta bronza medal jamg‘argan edi.

Ilgari alohida o‘tkaziladigan bu ikki nufuzli musobaqa 2013 yildan birga tashkil etilishi natijasida uning dasturidan faqat dunyo miqyosida jadal rivojlanayotgan sport turlari joy oldi.

N.Norboboyev

Yana o‘qing:  YURTIMIZDA ILK KURASH MAKTAB-INTERNATI OCHILADI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: