Qirq yildan ziyod mehnatga munosib rag‘bat

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani tibbiyot birlashmasi neonatolog shifokori Sharigul Omarbayeva yosh avlod salomatligini asrash yo‘lida samarali faoliyat yuritib kelayotgan kasb fidoyilaridan.

Tajribali shifokor mana bir necha yildirki, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda xavfli kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni bartaraf etish, xastaliklarning oldini olish borasidagi maslahatlarini yosh mutaxassislarga o‘rgatib kelmoqda.

Muassasaning ko‘plab xodimlari Sharigul opani o‘zlariga ustoz deb biladilar. U nafaqa yoshida bo‘lishiga qaramay, hamkasblariga har tomonlama o‘rnak bo‘lishga intiladi. Shifokorning qilgan mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib e’tiborga olinib, Mustaqilligimizning 26 yilligi arafasida Prezidentimiz tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” unvoni bilan taqdirlandi.

– Yoshligimdan shifokor bo‘lishni orzu qilganman. Institutni tamomlagach, 3 yil bolalar shifokori bo‘lib ishladim, – deydi Sharigul Omarbayeva. – So‘ng tumanimizdagi tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limiga bolalar shifokori bo‘lib ishga o‘tdim. U yerda menga Klara O‘rinboyeva ustozlik qilgan. Mana 43 yildirki ushbu sohada samarali xizmat qilib kelmoqdaman.

Sharigul Omarbayeva oilada turmush o‘rtog‘i bilan olti nafar farzandni yurtga kamarbasta insonlar qilib tarbiyaladi. Bugun farzandlarining barchasi oliy ma’lumotli. Qizlarning ikki nafari ota-onasining izidan borib, shifokorlik kasbini tanlashdi. Bir so‘z bilan aytganda bu oilani shifokorlar sulolasi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bugun yurtimizda aholi, ayniqsa, ona va bola salomatligini mustahkamlash, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bu yo‘lda samarali xizmat qilib kelayotgan barcha fidoyi shifokorlarimizga kasbiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz.

Yana o‘qing:  Sharqdan taralgan navolar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: