“SOG‘LOM AVLOD” KUNLARI

O‘zbekiston Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayxontohur akademik litseyida “Sog‘lom avlod kunlari” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati Oysha Oxunova “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlikning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini sharhlab berdi va o‘quvchilar bilan voyaga yetmaganlarning huquqlari borasida suhbatlashdi. Shuningdek, uchrashuvda “Sog‘lom avlod” gazetasi hamda tahririyat qoshida Oliy Majlis huzuridagi O‘zbekiston nodavlat va notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ko‘magida tashkil etilgan “Ozod yurt bolalari” klubi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Loyiha rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ra`no Zaripova va gazetaning katta muxbiri Muhabbat Xo‘jamurodovalar ham so‘zga chiqishdi. Ular “Sog‘lom avlod” gazetasidagi ko‘plab sahifalar, tibbiyot sohasidagi yangiliklar, sportning hayotimizdagi tutgan o‘rni va iste`dodli bolalar, yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan tanlovlar haqida ma`lumotlar berishdi. Tadbirda o‘quvchilar ham faol qatnashishdi va o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Tadbirda ijodiy chiqishlar ham bo‘ldi. Men u yerda “Ozod yurt bolalari” klubi a‘zosi sifatida “Vatan” haqidagi she`rimni o‘qib berdim. Bu chiqishim menga katta ishonch va mas`uliyat yukladi. “Sog‘lom avlod kunlari” tadbiri mazmunli va maroqli tarzda o‘tkazilgani bilan barcha ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.

Яна ўқинг:  POLVON YIGITNING OSMON ORZULARI

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: