Shahram – dunyoning eng yaxshi bokschisi
Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionatining 69 kilogrammgacha vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Shahram G‘iyosov muxlislar tomonidan dunyo birinchiligi musobaqasining eng yaxshi bokschisi, deb e’tirof etildi.
Xalqaro havaksor bokschilar assotsiyasiyasi – AIBA ning “Twitter” ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida jahon chempionatining eng yaxshi bokschisini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnomada o‘zbek o‘g‘loni Shahram G‘iyosov eng ko‘p ovoz to‘plab, ukrainalik Oleksandr Xijnyak va kubalik Xulio Sezar La Kruzni katta farq bilan ortda qoldirdi.
Shahram G‘iyosovning Olimpiadadagi janglari, Osiyo chempionatidagi ishonchli g‘alabasi va jahon chempionatidagi mahorati va g‘alabaga chanqoqligi barchaning esida qoldi. Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida 1 oltin, 3 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
N.Norboboyev