O‘zbekistonliklar ayrim shifokorlarning ish joyida bo‘lmasligidan shikoyat qilmoqda

O‘zbekiston aholisi ayrim shifokorlarning o‘z vaqtida ish joyida bo‘lmasligi va ularning ta’magirligi yuzasidan shikoyat qilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saytida ma’lum qilingan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari ishtirokidagi seminar sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar ijrosi samaradorligini ta’minlash, ushbu sohada deputatlik, parlament va jamoatchilik nazoratining samarali mexanizmlarini joriy etish masalalariga bag‘ishlandi.

«Yig‘ilishda ba’zi tibbiyot xodimlarining mas’uliyatsizligi, o‘z ishiga nisbatan befarqligi, patronaj va tez yordam xizmatida xamon kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani, xududlarda shifokorlarning jamoatchilik oldida hisobot berish tizimi to‘liq ishlamayotgani, mahalliy kengashlar sessiyalarida tibbiyotga oid muammolarning tizimli ravishda muhokama qilinmayotganligi tanqid ostiga olindi», – deyiladi xabarda.

Shuningdek, hududlarda shifokorlarning jamoatchilik oldida hisobot berish tizimi to‘liq ishlamayotgani, mahalliy kengashlar sessiyalarida tibbiyotga oid muammolarning tizimli ravishda muhokama qilinmayapti.

Tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, aholining tibbiy madaniyatini oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarning ishtiroki umuman sezilmayotgani, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, noinfeksion kasalliklarni oldini olish, qishloq oilaviy poliklinikalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash kabi loyihalarda tashkilotlarning faolligi ko‘zga tashlanmayapti.

Bugungi kunda muammolarni hal qilish bilan Qonunchilik palatasi huzuridagi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni va dori vositalari ta’minotini yanada yaxshilash ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Komissiya a’zolari shug‘ullanmoqda.

Seminar yakunida tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Yana o‘qing:  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: