Bananli pirog
Kerakli mahsulotlar: 2 dona banan, 2 dona tuxum, 100 g shakar, 50 g margarin, 2 osh qoshiq qaymoq, 150-170 g oliy navli un, 1 paket yumshatgich (razri’xlitel’).
Tayyorlanishi:
- Idishga tuxum chaqiladi, shakar hamda qaymoq solinadi va ko‘pirtiriladi.
- Margarin eritib olingach, tuxumli aralashmaga qo‘shiladi.
- Banan sanchqi bilan ezib yumshatiladi va xamirga qo‘shib aralashtiriladi.
- Un va yumshatgichni qo‘shib, yaxshilab aralashtiriladi.
- Xamir qolipga quyiladi va 190 S° issiqlikda 45 daqiqa pishiriladi.
Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.