Och qoringa iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan mahsulotlar
Parhezshunoslar quyida ko‘rsatilgan mahsulotlarni och qoringa iste’mol qilmaslikni maslahat beradi:
- Banan organizm uchun foydali bo‘lishiga qaramasdan, uni ertalabki ratsion tarkibiga kiritish tavsiya etilmaydi. U och qoringa yeyilganda tarkibidagi magniy organizmga tez singadi, bu esa yurak-qon tomir tizimiga bosim o‘tkazadi.
- Sitrus mevalar tarkibidagi kislotalar bo‘sh oshqozonga tushganida me’da qaynashi, allergiya, gastrit va yara paydo bo‘lishiga olib keladi.
- Tongda shirinliklarni ko‘p iste’mol qilib bo‘lmaydi. Uyg‘ongandan so‘ng oshqozon osti bezi ortiqcha shakar bo‘lganda, yetarli miqdorda insulin ishlab chiqara olmaydi. Oqibatda kislota-ishqor muvozanati buziladi.
- Pomidor kislotasi oshqozon shirasi bilan aloqaga kirishganda yara paydo qilishi mumkin.
- Ertalab yetarli miqdorda oshqozon shirasi ishlab chiqarilmagan paytda organizm bodring tarkibidagi kislotalarni uzoq parchalaydi. Bu esa me’da qaynashini yuzaga keltiradi.
- Nok bo‘sh oshqozonning shilliq qavatiga zarar yetkazishi mumkin.
- O‘tkir dorivorlar shilliq pardaga ta’sir o‘tkazadi va oshqozon shirasining haddan tashqari ko‘p ishlab chiqarilishiga sabab bo‘ladi. Buning natijasida oshqozon-ichak yo‘li kasalliklari rivojlanishi xavfi ortadi.
- Gazlangan ichimliklar shilliq qavatini qo‘zg‘atadi, u yerdagi qon aylanishini sekinlashtiradi, oqibatda ovqat qiyin xazm bo‘ladi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.