Pishloqli desert
Zarur masalliqlar: 200 gramm yog‘li pishloq, 100 g pishiriq tolqoni, 2 dona mandarin, 1 osh qoshiq shakar, 20 g sariyog‘, 30 ml qaymoq.
Tayyorlanishi:
- Pishiriq tolqoni sariyog‘ bilan qoriladi.
- Mandarinlarning po‘sti tozalanib, bo‘laklarga ajratiladi, tovaga solinib ozgina suv va shakar qo‘shiladi.
- Mandarinlar olovda 3-4 daqiqa qizdiriladi.
- Desert idishiga pishiriq qorishmasi, ustidan pishloq, keyin mandarin solinadi.
- Yuqoridagi tartibda yana bir marta qatlam hosil qilinadi.
- Tayyor bo‘lgan desert sovutkichda biroz sovutilib, dasturxonga tortiladi.
Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.