Mitoxondriya DNKsi autizm rivojlanishiga ta’sir o‘tkazadi

Filadelfiyalik olimlar autizmga (boshqalar bilan muloqotga kirisha olmaslik va yaqin munosabat o‘rnata olmaslik) yo‘liqqan 1624 nafar odam va 2417 nafar sog‘lom ota-ona, aka-uka va opa-singillarning genetik ma’lumotlarini o‘rganib chiqdi. Tadqiqot mitoxondriya DNKsi autizm rivojlanishiga ta’sir qilishini ko‘rsatdi, deb xabar beradi UPI.com sayti.

Mitoxondriyaning o‘ziga xos mitoxondrial DNKsi (mtDNK) bor. U bolaga ona tomondan o‘tadi. Olimlar dunyodagi hamma odamlarning mtDNKsini o‘rganish orqali ming yillar oldingi rivojlanish va migratsiya haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Mutaxassislar fikricha, atrof muhitdagi migratsiya, ovqatlanish tarzining o‘zgarishi va boshqa holatlar autizm xavfini oshiradi. Olingan axborotlar ushbu kasallikni davolashning yangi usullarini topishda yordam berishi mumkin.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Holsizlik, ko‘p terlash va sut tishlarining kech chiqishi raxit alomatimi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: