Mutaxassislar fikri: me’yoridan ortiq ishlash jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin
London universiteti kolleji olimlari me’yoridan ortiq ishlaydigan odamlar yurak yetishmovchiligi, insult va aqli zaiflik kasalliklariga uchrashi mumkinligini ta’kidlamoqda. Tadqiqotchilar haftasiga 35-40 soatgacha ishlaydigan va 55 soatdan ortiq ishlaydigan odamlarning ma’lumotlarini tahlil qilib chiqib shunday xulosaga keldi, deb yozadi Deccan Chronicle nashri.
Ishtirokchilar 10 yil davomida kuzatib borildi. Tadqiqot natijasida, ko‘p ishlaydigan insonlar aritmiyadan (tomirning notekis urishi) ko‘proq aziyat chekkani ma’lum bo‘ldi. Jumladan, ularda bu kasallik xavfi 1,4 marta yuqori bo‘ldi. Ma’lumki, aritmiya boshqa kasalliklarning paydo bo‘lishiga ham olib kelishi mumkin.
Aretmiya 90 foiz holatlarda shu vaqtgacha yurak-qon tomir kasalliklariga yo‘liqmagan odamlarda qayd etildi. Shundan kelib chiqib, mutaxassislar ishtirokchilardagi aritmiya muammosiga aynan ko‘p ishlash sabab bo‘lgan, deb hisobladi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.