Xolesterin miqdorini kamaytiruvchi dorilar yuqumli kasalliklardan himoya qiladi

Dyuk universiteti mutaxassislari xolesterin miqdorini kamaytiruvchi preparatlar yuqumli kasalliklarga, xususan, ich terlama, xlamidioz va bezgakka qarshi kurasha olishini aniqladi.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha 21 milyon odam ich terlamaga yo‘liqadi va 222000 nafar odam shu kasallikdan vafot etadi. O‘tkazilgan tadqiqot ba’zi odamlarda VAC14 genidagi o‘zgarishlar (mutatsiya) tufayli ushbu kasallikning yuqish ehtimoli ortishini ko‘rsatdi.

Mutatsiya organizmda xolesterin miqdori ko‘payishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarning avj olishiga sabab bo‘ladi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Vegiterianlik odatga aylansa...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: