Hushyorlik – xotirjam hayot demakdir

Xalqimizda «o‘t balosi, suv balosidan asrasin» degan naql bor. Kasbiy faoliyatimiz yuzasidan bo‘lib ana shu naql bejizga aytilmaganiga ko‘p bor amin bo‘lamiz.

Respublikamizda YOXX xodimlari tomonidan yong‘inlarning oldini olish, aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha yangi usullarni va texnik vositalarni ishlab chiqish hamda ularni qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishmoqda. Shuningdek, mahallalarda, ta’lim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda keng ko‘lamli tushuntirish ishlari olib borilayotir. Bunday uchrashuvlarda yong‘inning odamlar hayotiga yetkazishi mumkin bo‘lgan ziyoni aniq misollar orqali ko‘rsatib berildi.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, yong‘in kelib chiqishiga ko‘pchilik hollarda odamlarning o‘zi sababchi bo‘ladi. Kimningdir o‘z ishiga mas’uliyatsizligi, loqaydligi tufayli sodir bo‘lgan yong‘indan nafaqat uning o‘zi, balki yon-atrofdagilar, qolaversa, davlatimiz ham katta moddiy va ma’naviy zarar ko‘radi.

Bolajonlarmizning yozgi ta’til kunlarining boshlanishi ham biz kattalarning hushyorligini yanada oshirish lozimligini talab etadi. Ayrim hollarda, xonadon kattalari voyaga yetmagan bolalarini qarovsiz qoldirgani kishini biroz o‘yga toldiradi. Ana shunday arzimagandek ko‘ringan e’tiborsizligimiz bizni ayanchli oqibatlarga yetaklashi mumkin.

Inson baxtli hayot kechirishi va o‘z orzulariga erishishi uchun barcha shart-sharoitlar bisyor. Shunday ekan birgina e’tiborsizligimiz tufayli o‘zimiz bunyod etgan xonadonimiz va maskanimizga raxna solmaylik

A. ESHONXONOV,

Mayor

Yana o‘qing:  O‘zbekistonda ijro intizomini nazorat qilish bo‘yicha elektron tizim yaratilmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: