Olimlar eshitish qobiliyatining kuchliligi va gallyusinatsiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi
Gallyusinatsiya – bu yo‘q narsalarning ko‘rinishi, eshitilishi va sezilishi.
Eshitish qobiliyati yaxshi bo‘lgan odamlarning aksariyati aslida yo‘q tovushlarni ham eshitadi. O‘tkazilgan tajribalar buni isbotladi. Tovushlarni yaxshi eshitadigan ishtirokchilar orasida ruhiy kasalliklar bilan diagnoz qilinganlar ham ko‘pchilikni tashkil qildi. Mutaxassislar bunday odamlarning taxminan 15 foizi ruhiy jihatdan kamchiliklari borligini tan olishni xohlamaydi, deb xulosa chiqardi.
Shu bilan birga, ko‘zga har xil narsalar ko‘rinishi ko‘rish qobiliyatining yo‘qolayotganidan darak berishi mumkin. Ko‘z shifokorlarining fikricha, bunga o‘xshash gallyusinatsiyalar – kam uchraydigan sindrom alomati. Ma’lumki, markaziy ko‘rish tizimining buzilishi, ko‘z gavharining xira tortishi, ko‘z ichi bosimining zo‘rayishi kabi kasalliklar ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishiga olib keladi.
Ko‘rish qobiliyatining pasayishi jarayonida miya axborotlarni qabul qilish oqimidagi bo‘shliqlarni to‘ldiradi. Ba’zida miya ko‘rilgan voqealar bilan bog‘liq bo‘lmagan bo‘shliqlarni ham to‘ldirib yuboradi. Shuning uchun markaziy ko‘rish tizimi buzilgan odamlarning 50 foizi ayrim holatlarda gallyusinatsiyaga yo‘liqadi. Kimlargadir mavhum narsalar ko‘rinsa, kimlargadir aniq tasvirlar ko‘rinadi.
Gallyusinatsiya bir necha soat saqlanib qolishi mumkin, unga qarshi dori vositalari esa yo‘q. Ko‘p bemorlar gallyusinatsiyaga yo‘liqqanini aytishdan qo‘rqishadi, chunki ularga aqli zaif deb diagnoz qo‘yishlaridan xavfsiraydi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.