Mutaxassislar fikri: ozishni xohlovchilar vaznini kunda o‘lchashi kerak

Dreksel universiteti doktori Megan Batrin har kuni vaznni tarozida tortish ozishga yordam beradi degan fikrni bildirdi. The Daily Mail nashrida yozilishicha, vaznni nazorat qilib borish zararli ovqatlardan tiyilishga sabab bo‘ladi va insonni sog‘lom turmush tarzi tomon yetaklaydi.

Bunga sabab, vaznning oz-ozdan kamayib borishi ham odamlar uchun juda muhim. Bu har kuni sog‘liqni mustahkamlab boradi. Turli vazndagi 294 nafar ayol ishtirokida tadqiqot o‘tkazildi. Tadqiqot boshlanishida tana og‘irligi va yog‘ miqdori o‘lchandi. Tekshiruv yarim yil va ikki yildan keyin ham o‘tkazildi.

Ayollardan vaznini qancha vaqt oralig‘ida tortib turishlari so‘raldi. Kuniga og‘irligini kamida bir marta o‘lchab turuvchi ishtirokchilarda vazn ortishi boshqalarga qaraganda kamroq kuzatildi. Ularning vazni tadqiqot boshlanishida yuqori bo‘lsa ham, asta-sekin kamayib bordi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Bolangiz tirnog‘ini ko‘p tishlaydimi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: