Xushta’m salat

Zarur masalliqlar: 2 dona kartoshka, 2 dona tuxum, 200 gr pishloq, 2 dona sabzi, 1 dona yashil olma, ta’bga ko‘ra mayonez va konservalangan baliq.

Tayyorlanishi: Qaynatib olingan kartoshka, tuxum va sabzi qirg‘ichdan chiqarib olinadi. Shaklli idish ichiga dastlab sabziga tuz va murch sepib bir tekisda yoyib chiqiladi. Ustidan mayonez va qirg‘ichdan chiqarilgan qattiq pishloq sepiladi. So‘ngra, tuxum, olma va kartoshka ham xuddi shu yo‘sinda qavatma-qavat taxlab chiqiladi. Eng ustidan konservalangan baliq terib chiqiladi. Salatni ta’bga ko‘ra bezatishingiz mumkin.

Xurshidabonu

Yana o‘qing:  Oyoq hidlanmasin desangiz...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: