Depressiya o‘tmish xotiralar haqidagi qarashlarni o‘zgartiradi

Ma’lumki, depressiyaga yo‘liqqan odamlar bugungi kuni va kelajagiga salbiy nigoh bilan qaraydi. Portsmut universitetida o‘tkazilgan tadqiqot bunday odamlar o‘tmishini ham salbiy xotiralar bilan eslashini aniqladi.

Olimlar yuzdan ziyod talabani so‘rovdan o‘tkazdi. Ishtirokchilarning 50 foizi yengil, o‘rtacha va og‘ir holatdagi depressiyadan aziyat chekardi. Ulardan o‘zlarini har xil ijobiy va salbiy natijali holatlarda tasavvur qilishlari so‘raldi. Olimlar ishtirokchilarning o‘tmishni salbiy bo‘yoqdorlik bilan tasavvur qilishga moyilligini o‘rgandi.

Tadqiqot depressiya qancha kuchli bo‘lsa, qatnashchilar salbiy tasavvurlarga shuncha moyil bo‘lganini ko‘rsatdi. Ular salbiy voqealarni bo‘rttirib eslaydi. Tadqiqotchilar fikricha, depressiyaga yo‘liqqan odamlar his-tuyg‘ularini nazorat qilishga qiynaladi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Bir gap bor (2014/9)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: