Kashfiyot: yangi mobil ilova bemorlarni davolashda yordam beradi
Dartmut kolleji xodimlari yangi mobil ilova yaratdi. U o‘rta va keksa yoshdagi odamlarga ruhiy va boshqa surunkali kasalliklarning borishini mustaqil ravishda nazorat qilishga yordam beradi. Bemorlar belgilangan vaqt ichida (uch oyga yaqin) kerakli mavzularda o‘nta maslahat oladi, deb yozadi The Hindustan Times nashri.
Vrachlar ilova orqali masofadan turib bemorlarni kuzatib boradi va muammo paydo bo‘lganida yordam beradi. Tadqiqotda jiddiy ruhiy va surunkali kasalliklarga chalingan o‘n nafar bemor qatnashdi. Ularning o‘rtacha yoshi 55 yoshni tashkil qildi.
Ishtirokchilar mobil ilovani oddiy, qulay deb hisoblagani va undan mamnun ekanligi aniqlandi. Hatto zamonaviy texnikani yaxshi tushunmaydigan odamlar ham ushbu ilovadan qiyinchiliksiz foydalana oladi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.