Muammolarni hal etishning samarali mexanizmi

– Joriy yil aprel oyida ko‘chamiz asfalt qilinishini so‘rab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga murojaat qilgan edik, – deydi Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumani Turon mahallasida istiqomat qiluvchi Kimyo G‘afforova. – Ikki oyga qolmay muammo ijobiy hal bo‘ldi. Ko‘chamiz shaharnikidan qolishmaydigan tarzda ravonlashdi. Yo‘lning ikki tomoniga turfa gul va daraxtlar ekildi. Odamlar barcha darajadagi rahbarlar bilan bevosita uchrashib, biror masala bo‘yicha yuzma-yuz murojaat qilishi uchun sayyor qabullar yo‘lga qo‘yilganidan xursandmiz.

Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati mas’ul xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor qabullarda murojaatlar joyida hal etilmoqda.

Sirdaryo tumanida bo‘lib o‘tgan shunday tadbirda Prezidentimizning joriy yil 8 avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil etilgan respublika va hududiy sektorlar vakillarining aholi xonadonlarida bo‘lib, ular bilan muloqot o‘tkazayotgani muammolarning joyida hal etilishida yaxshi samara berayotgani ta’kidlandi.

Sayyor qabulda Guliston, Sirdaryo va Sayxunobod tumanlaridan tushgan 40 ga yaqin murojaat turli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida ko‘rib chiqildi.

– Farg‘ona vodiysiga o‘tuvchi katta avtotrassaning Sayxunobod tumani Baxmalsoy mahallasidan o‘tuvchi hududi kengaytirilib, qayta asfalt qilindi, – deydi Paxtakor agrosanoat kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi Ravshan Majidov. – Bu juda yaxshi, albatta. Ammo piyodalar yo‘lakchasi yo‘q. Tez kunlarda yangi o‘quv yili boshlanadi. O‘quvchilarning xavfsizligiga kim kafolot beradi? Sayyor qabulda bu masala bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga topshiriq berildi.

Sayyor qabul jarayonida aholini qiynayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha mutasaddilar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev so‘zga chiqdi.

Abdujalol Qayumov,

O‘zA

Yana o‘qing:  Yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida “Ota-onalar bilan muloqot xonasi” tashkil etildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: