Yer ostida ham qalampir o‘sadimi?

Xren (erqalampir)ning foydali xususiyatlari haqida

Ushbu o‘simlik ildizini qadimdan odamlar, ishtaha ochuvchi shifobaxsh ne’mat sifatida iste’mol qilib kelishgan. Yerqalampir xuddi xantal (gorchitsa) singari o‘tkir ziravor sifatida qadrlanadi.

Uturli – tuman quyuq ovqatlarni hazm qilishda qo‘llanadi. Bu nabotot olami vakili barglaridan oziq-ovqat sanoatida konserva mahsulotlari tayyorlashda foydalaniladi. Ayniqsa, yerqalampir barglari solib yopilgan bodring va patisson(“likobchali sabzavot”)lar “karsillab” ishtaha ochadi.

Xren ildizi qirg‘ichdan o‘tkazilgach, bir hafta davomida o‘zining shifobaxsh xususiyatlarini saqlab qoladi.

Xom holida uning tarkibidagi faol komponentlar antiseptik xususiyatga ega bo‘ladi. Shuningdek, bu mahsulotda 16 foiz uglevodlar, 3 foiz azot moddasi, biroz yog‘lar mavjud. Yerqalampir tarkibida S vitamini ko‘pligidan hatto, u limonni ham ortda qoldiradi. Faqat bu borada u na’matak va qora qorag‘atga “yo‘l berishi” mumkin.

Yana uning tarkibida kaliy, kalsiy, natriy, oltingugurt, fosfor, temir moddasi va boshqa shu kabi mineral moddalar hamda fitonsid (tabiiy antibiotik)lar, xantal moyi, shakar, kraxmal, qatron, uglevodlar, kletchatka (dag‘al tolali modda), V guruh vitaminlari, RR darmondorisi mo‘l. O‘simlikning yangi uzilgan barglarida karotin moddasi ko‘p bo‘ladi. Peshob yo‘llari yallig‘langanda siydik haydovchi vosita sifatida xren ildizidan foydalanish mumkin. Shu sababli uni buyrak-tosh kasalligi hamda sistit (qovuq yallig‘lanishi), podagra, revmatizm (bo‘g‘imlar yallig‘lanishi) xastaliklarida qo‘llash mumkin. Olma va yerqalampir ildizini teng miqdorda qirg‘ichdan o‘tkazib, sovuq urgan bemorning terisiga kompress (bozillama) qilinsa, u tezroq oyoqqa turadi. Yana bunday xasta kishilarga issiq-issiq (faqat qaynoq emas) qora choy, asal solingan sut hamda malina yoki qorag‘at (smorodina) murabbosi solingan choy ham ichirish zarur. Chunki, organizm ham ichkaridan ham xrenli kompresslar tufayli tashqaridan isiydi.

Yuz nervi yallig‘langanda ham yerqalampir va olma aralashmasidan bozillama qilish foydali. Shuningdek, revmatizm (bod) kasalligida ham bunday kompreslar shifobaxsh ta’sirga ega bo‘ladi.

Jigarrang olma sirkasi, xren va glitserin aralashmasi ko‘kyo‘tal hamda angina (bodomcha bezlarining yallig‘lanishi)da samarali davo muolajasi sifatida qo‘llaniladi. Ammo, bunday muolaja yosh bolalarga, allergik kasalliklarga moyilligi mavjud bemorlarga hamda astma (ziqqinafas) dardi bor xasta kishilarga tavsiya etilmaydi. Chunki, dardmand odamning nafasi siqib, ahvoli o‘ta jiddiy og‘irlashib qolishi mumkin. Sababi, bunday aralashma tomoq yo‘llari va ko‘zning shilliq qavatini ta’sirlantirishi mumkin.

Yana o‘qing:  Farzandim tunda peshobini tuta olmaydi

Yerqalampir me’da shirasida nordonlik muhiti pasayib ketganda paydo bo‘ladigan gastrit (me’da yallig‘lanishi)ni davolashda ham ijobiy samara beradi. Yana nafas yo‘llari yallig‘langanda xalq tabobatida diuretik (peshob haydovchi) tabiiy vosita sifatida tavsiya etiladi. Biroq, xrenni me’da – ichak tizimida yallig‘lanish bo‘lsa, shuningdek, ayrim buyrak xastaliklarida hamda jigar kasalliklarida iste’mol qilish man etiladi.

Bu shifobaxsh o‘simlikdan tayyorlangan tabiiy dori vositalari yana plevrit (o‘pka pardasining yallig‘lanishi), miozit (mushaklar og‘riganda) hamda bronxit (bronxlar yallig‘langanda) va qovuqda tosh bo‘lsa tavsiya etiladi.

Davomi kelgusi sonda.

Gulchehra ShIRINOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: