Maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni 100 foiz qamrab olishga qaratilgan alohida dastur ishlab chiqiladi

Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoev 16 avgust kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi direktori M.Xolmuxamedov, Xalq ta’limi vaziri U.Inoyatov va ularning o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkazgan yig‘ilishda ma’lum bo‘ldi.

Prezidentimiz maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash, eng ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, har jihatdan zamonaviy tizim yaratish masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

Bolalarning qiziqish va intilishlarini hisobga olgan holda, ularga maktabgacha bo‘lgan davrda har tomonlama puxta ta’lim va tarbiya berish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, qalbi va ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirib borish, shu orqali ularni ona Vatanga muhabbat, pokiza orzular ruhida kamol toptirish bugungi kundagi eng muhim, eng dolzarb masalalardan biri ekanini ta’kidladi.

Davlat rahbari maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, boshqaruv tuzilmasini tashkil etish, mazkur muassasalarga bolalarni 100 foiz qamrab olishga qaratilgan alohida dastur ishlab chiqish, boshlang‘ich ta’lim muassasalariga qator imtiyozlar berish, shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi malaka oshirish institutlarida ta’lim mazmunini sifat jihatdan tubdan o‘zgartirish, ularni eng ilg‘or oliy ta’lim muassasalari tarkibiga o‘tkazish orqali umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga eng kuchli va tajribali professor-o‘qituvchilar ta’lim berishiga erishish borasida muhim vazifalarni belgilab berdi.

Yana o‘qing:  SOG`LOM OVQATLANISH TARZIGA RIOYA QILISH UCHUN 8 MASLAHAT

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: