Baqlajonli sho‘rva

Kerakli mahsulotlar: 2 dona baqlajon, 2 dona pomidor, 1 dona piyoz, 3 bo‘lak sarimsoq, 300 ml suv va sabzavot buloni, 300 ml kokos suti, 1 choy qoshiq yefir moyi, 50 gramm yumshoq pishloq, ta’bga ko‘ra tuz va garmdori, sabzavotlarni moylash uchun zaytun yog‘i

Tayyorlanish vaqti: 1 soat

Miqdori (porsiyasi): 4

Tayyorlanishi:

  1. Baqlajon uzunasiga to‘rt bo‘lak qilib kesiladi.
  2. Pomidor o‘rtasidan ikkiga bo‘linadi.
  3. Piyozni to‘rt bo‘lakka ajratiladi.
  4. Sarimsoqning po‘sti tozalanadi.
  5. Sabzavotlarni tovaga solib, zaytun yog‘i bilan aralashtiriladi. 40 daqiqa 210 gradusda toblab pishiriladi.
  6. Pishgan baqlajonning po‘sti ajratiladi.
  7. Baqlajonning laxm qismi, pomidor, piyoz va sarimsoq idishga solinib, suv quyiladi, so‘ngra efir moyi qo‘shilib, tuz va murch sepiladi. 20 daqiqa qaynatiladi.
  8. Sho‘rva quyuq holatga kelgunicha tarkibidagi mahsulotlar maydalanadi.
  9. Kokos suti qo‘shib isitiladi, lekin qaynatilmaydi.
  10. Suzishdan oldin pishloqni to‘g‘rab sho‘rvaga solinadi.

Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.

Yana o‘qing:  Brokkoli – shifobaxsh sabzavot

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: