Sog‘lom turmush tarzi aqli zaiflikdan saqlaydi
AQSHlik tadqiqotchilar 15000 nafarga yaqin odamning ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Tadqiqotchilarni 25 yil davomida nazorat qilib borildi. Bu vaqt ichida ularning 10 foizida aqli zaiflik xastaligi paydo bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligi gipertoniya (arteriyada qon bosimining oshib ketishi) va diabetdan aziyat chekishgandi. Ma’lumki, bu kasalliklar asosan noto‘g‘ri ovqatlanish, ortiqcha vazn va kam harakat qilish bilan bog‘liq.
Tadqiqot doirasida barcha ishtirokchilar tekshiruvdan o‘tkazildi. Dastlab olimlar aqli zaiflik ehtimoli yosh o‘tishi bilan sezilarlicha ortganini aniqladi. Shuningdek, bu kasallik xavfi gipertoniya va diabetga yo‘liqqan kishilarda yuqoriligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi The Daily Mail nashri.
Olimlar fikricha, aqli zaiflikdan saqlanish uchun sog‘lom turmush tarziga amal qilish kerak.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.