Kashfiyot: arteriya skleroziga infeksiyalar sabab bo‘ladi

Hozirgi vaqtgacha qon tarkibidagi xolesterin arteriya sklerozini keltirib chiqaradi, degan qarashlar bor edi. Lekin Hannover tibbiyot instituti professori Aksel Geferix Circulation ijtimoiy jurnalida bu fikrni inkor etuvchi yangi nazariyani e’lon qildi.

Germaniyalik xirurgning fikricha, tomir devorlari ichkarisida cho‘kindilarning shakllanishi va kasallik baydo bo‘lishiga tomirlarni kislorod va oziq moddalari bilan ta’minlashdagi to‘xtalishlar sabab bo‘ladi. Ta’minot jarayoni tomirning tashqi devorlaridagi mayda tomirchalar orqali amalga oshadi. Virus, bakteriya, mayda zarrachali chang yoki zararli yog‘ parchalari tufayli paydo bo‘ladigan yallig‘lanish jarayonlari natijasida bu tomirchalarning yo‘li berkilib qoladi va hujayralar o‘limi sodir bo‘ladi. Immunitet tizimi amalga oshiradigan tuzatish jarayonida katta tomirlarning tashqi devorida toshmalar – hujayralar chiqindisi shakllanadi va ular tomir yo‘llarining to‘silishiga olib keladi.

Tadqiqotlar aksariyat miokard infarkti va gripp epidemiyasi, shuningdek, havoning mayda zarrali chang bilan ifloslanishi o‘rtasida bog‘liqliklar mavjudligini ko‘rsatdi.

Shifokorlar yangi axborotlarga asoslanib, arteriya sklerozining oldini olish uchun to‘g‘ri ovqatlanish, yetarlicha uxlash va harakatlanishdan tashqari, infeksiyani oxirigacha davolash va undan saqlanishni maslahat beradi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Bu – bor gap

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: