Stress insonni xavfsiz holatlarda ham xavotirlanishga majbur qiladi
Odam xavf-xatar signallarini sezishi mumkin. Lekin ba’zan bu mexanizmda buzilish hollari ham kuzatiladi. Masalan, stress holatidagi odam oldin boshdan kechirgan holatlarini eslab, aslida yo‘q tahlikani ham his qilishi mumkin.
Nyu-York, Makgill va Texas universitetlari tadqiqotchilari salbiy natijalar bilan bog‘liq signallarni payqash qobiliyatiga vaqt va stressning qanday ta’sir o‘tkazishini o‘rgandi. Tadqiqot davomida ishtirokchilar ikkita ovozli signallarni tingladi. Signallardan biriga tok zarbasi qo‘shib uzatildi.
Shundan so‘ng olimlar ikkita chastota o‘rtasida ovozlarni qo‘yib eshittirdi va qatnashchilarning ularga javobi hamda asabiylashishdan darak beruvchi teri reaksiyasiga baho berdi. Birinchi guruh darhol testdan o‘tkazildi, ikkinchi guruh esa 24 soatdan so‘ng. Tekshiruvdan keyin, stress ishtirokchilarni aslida yo‘q xavf-xatarlarni ham sezishga majbur qilgani ma’lum bo‘ldi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.