Xurrak aqli zaiflik xavfini oshiradi

Harvard universitetida o‘tkazilgan yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, uyqu buzilishiga sabab bo‘luvchi nafas olish tartibsizligi xotira, diqqatning yomonlashuvi va aqli zaiflikning rivojlanishiga olib keladi. Xavf ko‘rsatkichi Alsgeymer kasalligiga moyil insonlarda ayniqsa, yuqori bo‘ladi.

Ko‘p odamlarning ma’lumotlarini tahlil qilib chiqqan olimlar xurrak va uyqu vaqtidagi nafas olishning buzilishi xotira va fikrlash qobiliyatlari bilan chambarchas bog‘liqligini aniqladi. Ma’lumki, bunday muammolar aqli zaiflik xavfini oshiradi. Uyqudagi nafas olishning qiyinlashuvidan kam harakat qiluvchi keksa kishilar ko‘proq aziyat chekadi.

Ilgari AQSHdagi sog‘liqni saqlash instituti mutaxassislari diabet va gipertoniya kasalligiga moyil odamlar aqli zaiflikka ko‘p yo‘liqishini tasdiqlagan edi. Shuningdek, bunga tomir kasalliklari va chekish ham sabab bo‘ladi. Mutaxassislar fikricha, aqli zaiflikdan saqlanish uchun sog‘lom turmush tarziga amal qilish kerak.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  XOLESTERIN HAQIDA BILASIZMI?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: