Tuxum sifatini qanday aniqlash mumkin?
- Oq va jigarrang tuxumlar tarkibida hech qanaqa farq yo‘q. Po‘choq rangi – genetik alomat, u tuxumning sifatiga ta’sir qilmaydi.
- Tuxum saqlash uchun eng yaxshi joy – sovutkich. Chunki 6 gradusdan past haroratda salmonella bakteriyalari ko‘paymaydi.
- Tuxumning uchli tomonini pastga qilib joylashtirish uni uzoqroq saqlash imkonini beradi. Uning teskari tomonida havo pufakchasi bo‘ladi. Bu pufakchada bakteriya bo‘lish ehtimoli bor. Shuning uchun to‘mtoq tomoni bilan joylashtirilsa, bakteriyalar tuxum ichiga kirishi mumkin.
- Tuxumni o‘tkir hidli mahsulotlar bilan birga saqlamaslik kerak. Tuxum po‘chog‘ida mayda teshikchalar borligi uchun u begona hidlarni tortib oladi.
- Tuxum tarkibida 6 gramm oqsil va 20 ta aminokislota mavjud.
- Tuxumning yaroqliligini aniqlash uchun sovuq suv to‘ldirilgan idishga solib ko‘rish kerak. Agar u suv tubida gorizontal holatda yotsa, bu uning sifati juda yaxshiligidan darak beradi. Tuxumning to‘mtoq tomoni biroz yuqoriga ko‘tarilib qolishi, maxsulot sifatining unchalik yaxshi emasligini, lekin oqatga ishlatish mumkinligini bildiradi. Suv yuziga chiqib qolgan tuxum esa umuman yaroqsiz bo‘ladi.
- Tuxum tarkibidagi xolesterin zararli emas.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.