Miya tuzilishi haqida nimalarni bilasiz?

Bosh miyaning asosiy qismini katta yarim sharlar tashkil etadi. Ularni axborotlarning ko‘p qismini saqlab turuvchi qobiq o‘rab to‘radi. Nerv hujayralarining bu yupqa qobig‘i ko‘rish, eshitish, fikrlash va bilish jarayonlari, shuningdek, miyadagi burushiq joylarning shakllanishi bilan bog‘liq. Qobiq burushgan ko‘rinishda bosh miyaning 50 foiz hududini egallaydi. Lekin miyaning yuzasiga nazar tashlansa, qobiqning 66 foiz qismi ko‘rinmaydi.

Olimlar miyadagi burushiqlarning paydo bo‘lish sababini aniqladi. Miyaning asta-sekin rivojlanishi natijasida kattalashib borayotgan qobiq bosh suyagining cheklangan bo‘shlig‘iga sig‘ib, joylashib boradi, shu tufayli miyada burma-burma joylar yuzaga keladi. Ya’ni miya murakkab tuzilganga o‘xshab ko‘rinadi.

Burushiqlar neyronlarni bitta tarmoqqa bog‘laydigan nerv hujayralarining shoxlashi jarayonida shakllanadi, deb taxmin qilinmoqda.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  SAFAR: IKKI ODIM

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: